Kasblar Axborot texnologiyalari
Dasturiy ta'minot muhandisi (dasturchi)
Kompyuter dasturlari, veb-saytlar va mobil ilovalarni loyihalash hamda yozish bilan shug'ullanadi.
Kasb haqida
Dasturchi — bu masalani kompyuter tushunadigan tilga o'giradigan mutaxassis. U foydalanuvchi ehtiyojini tahlil qiladi, yechim arxitekturasini o'ylab topadi va uni kod ko'rinishida amalga oshiradi. Soha juda tez o'zgaradi, shuning uchun dasturchi butun faoliyati davomida o'rganishda davom etadi.
Nima ish qiladi
Texnik topshiriqni tahlil qiladi; dastur tuzilishini loyihalaydi; kod yozadi va test qiladi; xatolarni topib tuzatadi; boshqa dasturchilar kodini ko'rib chiqadi; tayyor mahsulotni yangilab boradi.
Ish sharoiti
Asosan ofis yoki masofadan. Kompyuter oldida uzoq o'tirish talab qilinadi, ish jadvali ko'pincha moslashuvchan.
Qaysi fanlar kerak
O'qish muddati
Lavozim bosqichlari va maosh
| Bosqich | Lavozim | Tajriba | Maosh / oy |
|---|---|---|---|
| Junior |
Junior dasturchi
Tayyor topshiriqlar bo'yicha kod yozadi, ustoz nazorati ostida ishlaydi
|
0-2 yil | 5 mln–12 mln |
| Middle |
Middle dasturchi
Mustaqil modul ishlab chiqadi, texnik qarorlar qabul qiladi
|
2-4 yil | 12 mln–30 mln |
| Senior |
Senior dasturchi
Arxitektura loyihalaydi, murakkab masalalarni hal qiladi, yoshlarga ustozlik qiladi
|
4-7 yil | 30 mln–60 mln |
| Lead |
Team Lead / Arxitektor
Jamoani boshqaradi, texnik strategiyani belgilaydi
|
7+ yil | — |
Qayerda o'qish mumkin
Qayerda ishlash mumkin
- IT Park rezident kompaniyalari
- Banklar va moliya tashkilotlari
- Telekommunikatsiya operatorlari
- Davlat raqamlashtirish loyihalari
- Xorijiy buyurtmachilar uchun masofaviy ish
- O'z startapi
Kelajak prognozi
IT Park va raqamli iqtisodiyot dasturlari doirasida sohaga talab barqaror o'sib bormoqda. Dasturchilar eksport xizmatlarining asosiy qismini tashkil qiladi, shuning uchun yaqin 10 yilda talab yuqori bo'lib qolishi kutilmoqda.